Gvatemaladan Meksikaga qarab ikkinchi muhojirlar karvoni yo`lga chiqdi, deya xabar berdi The Sacramento Bee nashri.
Ushbu karvon 2000 ga yaqin Markaziy Amerikaliklardan iborat. Odamllar piyoda yuzlab km. yo`l yurib, ulardan avval yo`lga chiqqan qochoqlarning birinchi karvoniga etib olishga harakat qilishmoqda. Ular orasida Gonduras fuqarolari ham ko`pchilikni tashkil etadi. Gonduras hukumati yo`l davomida 2 kishi halok bo`lganini xabar qilmoqda. Shuningdek, yana bir Gvatemala fuqarosi yurib ketayotgan yuk mashinasiga chqishga harakat qilgan, biroq undan tushib ketib hayotdan ko`z yumgan.






