AsosiyJamiyat

Yo`l harakati qoidalarini buzsangiz, SMS xabar yuboriladi

'Yo`l harakati qoidalarini buzsangiz, SMS xabar yuboriladi'ning rasmi

Joriy yilning 1 noyabridan boshlab Toshkent shahrida yo`l harakati qoidalarining buzilishiga doir ma`muriy jarimalarni to`lashning billing tizimi tajriba tariqasida ishga tushiriladi. Bu haqda IIB matbuot xizmati ma`lum qildi.

Shuningdek, respublika miqyosida yo`l harakati sohasidagi ma`muriy huquqbuzarliklarga doir ma`lumotlarning yagona bazasini o`z ichiga olgan, jarimalar solish tartibotlari va ularning to`lanishini nazorat qilinishini ta`minlovchi “Ma`muriy amaliyot” kompleks avtomatlashtirilgan axborot tizimi (KAAT) amaliyotga joriy etilgan.

Endilikda “Ma`muriy amaliyot” KAATdan foydalangan holda transport vositalari haydovchilari tomonidan yo`l harakati qoidalarining buzilishi birinchi marta yoki takroran sodir etilayotganligi bo`yicha fakt planshet telefonlar yordamida voqea joyining o`zida real vaqt rejimida aniqlanadi.

Eng asosiysi, billing tizimidan foydalanishda yo`l harakati qoidalarini buzganligi uchun transport vositalari haydovchilarining haydovchilik guvohnomalari olib qo`yilmaydigan bo`ldi.

Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksning to`g`ridan-to`g`ri transport vositasini boshqarish huquqidan mahrum qilishni nazarda tutuvchi moddasida ko`rsatilgan holatlar bundan mustasnodir.

Muhim yangiliklardan yana biri, qoidabuzarga jarima mobil aloqa operatorlari orqali billing tizimidan foydalangan holda SMS shaklda hamda “O`zbekiston pochtasi” AJ orqali yuboriladi.

    Boshqa yangiliklar