AsosiyJamiyat

Adliya vazirligi tuzilmasiga kirmagan kollejlarda huquqshunoslar tayyorlash to`xtatiladi

'Adliya vazirligi tuzilmasiga kirmagan kollejlarda huquqshunoslar tayyorlash to`xtatiladi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining yuridik kollejlarida o`qishni tashkil qilish choralari to`g`risidagi Hukumat qarori qabul qilindi.

Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali xabar berdi. Qaror bilan Adliya vazirligining yuridik kollejlariga o`qishga qabul qilish tartibi to`g`risidagi nizom tasdiqlandi.

Unga ko`ra, yuridik kollejlarda o`qishga qabul qilish vazirlik tomonidan belgilangan qabul kvotalari doirasida to`lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi.

Kam ta`minlangan oila farzandlari, Mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilari, shuningdek, ko`zi ojiz abiturientlar qabul kvotalaridan tashqari vazirlik tomonidan maxsus ajratilgan o`rinlarda qabul qilinadi. Ushbu o`quvchilar qonun hujjatlariga muvofiq davlat granti asosida tahsil olishadi.

Nizomga muvofiq, xorijiy fuqarolarni yuridik kollejga o`qishga qabul qilish belgilangan tartibda o`tkaziladigan suhbat natijasi bo`yicha amalga oshiriladi.

Shuningdek, qaror bilan 2019–2020 o`quv yilidan boshlab Adliya vazirligi tuzilmasiga kirmagan kollejlarda “Yurisprudensiya”, “Huquqshunoslik”, “Ijtimoiy muhofaza qilish huquqshunosi” yo`nalishlari va mutaxassisliklari bo`yicha o`quvchilarni tayyorlash to`xtatiladi.

Mazkur tartib 2019 yil 1 apreldan amalga kiritiladi.

Eslatib o`tamiz, vazirlik tuzilmasida har bir hududda bittadan – 14 ta yuridik kollej tashkil etilgan.

Yuridik kollejlarga o`qishga qabul qilish quyidagi bosqichlarni o`z ichiga oladi.


    Boshqa yangiliklar