O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev 25 oktyabr — «O`zbekiston Respublikasi ichki ishlar idoralari xodimlari kuni munosabati bilan bir guruh xodimlarni mukofotlash to`g`risida»gi farmonni imzoladi.
Unga ko`ra, O`zbekistonda jamoat xavfsizligi, tinchlik va barqarorlikni ta`minlash borasidagi ko`p yillik fidokorona mehnati, xizmat burchini bajarishda mardlik va jasorat ko`rsatgani, shuningdek, yosh avlodni ona Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalashga qo`shgan munosib hissasi uchun quyidagilar mukofotlandi:
«Mehnat shuhrati» ordeni bilan
Tursunov Baxtiyor Ziyaevich - O`zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Markaziy gospitali etakchi jarrohi
«Do`stlik» ordeni bilan
Mazurova Elena Yurevna - Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi huzuridagi tergov boshqarmasi o`ta muhim ishlar bo`yicha tergovchisi
Muxamedov Utkirbek Xazratkulovich - O`zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi boshlig`ining birinchi o`rinbosari
«Mardlik» ordeni bilan
Arzumanov Armen Arkadevich - O`zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Maxsus operasiyalarni muvofiqlashtirish boshqarmasi maxsus otryadi bosh mutaxassisi
Yusupjonov Murodjon Yusupjonovich - Namangan viloyati Namangan shahar harbiylashtirilgan yong`in xavfsizligi qismi katta yong`in o`chiruvchisi
«Jasorat» medali bilan
Atamov Begimjon Isonboevich (marhum) - Toshkent shahar Yunusobod tumani ichki ishlar boshqarmasi huzuridagi qo`riqlash bo`limi safdor xodimi
G`aniev Akmaljon Raxmatillaevich - Samarqand viloyati Ichki ishlar boshqarmasi jinoyat qidiruv boshqarmasi tezkor vakili
Muxitdinov Dilmurod Sagdullaevich - O`zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish bosh boshqarmasi bo`lim boshlig`i
Otambetov Maxmut Begdullaevich - Qoraqalpog`iston Respublikasi Taxiatosh tumani harbiylashtirilgan yong`in xavfsizligi qismi bo`linma komandiri
Rasulov Ilxomjon Abdusamatovich - Sirdaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi patrul-post xizmati bataloni otryad komandiri
Rustamov Umarkul Mirzabekovich - Toshkent shahar Mirobod tumani harbiylashtirilgan yong`in xavfsizligi qismi komandiri
Safarov Aliqul Xushboqovich (marhum) - Surxondaryo viloyati Sho`rchi tumani ichki ishlar bo`limi profilaktika inspektori
Eshmuradov Ilxom Lapasovich - Jizzax viloyati Ichki ishlar boshqarmasi jinoyat qidiruv boshqarmasi o`ta muhim ishlar bo`yicha tezkor vakili
«Sodiq xizmatlari uchun» medali bilan
Grishko Aleksey Alekseevich - Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi kinologiya xizmati boshlig`i
Kahhorov Ilxomjon Ibragimovich - O`zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi xalqaro aeroportlarda xavfsizlikni ta`minlash qo`shinlari harbiy qismi guruh komandiri
Sultanov Baxriddin Murodovich - O`zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Huquqbuzarliklar profilaktikasi bosh boshqarmasi bo`lim boshlig`i
Tashmatov Ulugbek Xalmatovich - Toshkent viloyati Chirchiq shahar yong`in xavfsizligi bo`limi boshlig`i
Xolmirzaev A`zamjon Axatovich - Farg`ona viloyati Marg`ilon shahar ichki ishlar bo`limi profilaktika inspektori
Xo`janiyozov Rashid Shomurodovich - Qashqadaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi harbiylashtirilgan yong`in xavfsizligi qismi bo`linma komandiri
Choriev Rustam Allamurotovich - Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi patrul-post xizmati bataloni otryad komandiri
«Shuhrat» medali bilan
Ismoilov Ruslonbek Xaydarbaevich - Xorazm viloyati Urganch shahar bo`yicha Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi ichki ishlar bo`limi boshlig`i
Mamasadikov Shukurulla Rasuljanovich - Andijon viloyati Andijon shahar bo`yicha Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi profilaktika katta inspektori
Nishanbaev Baxrom Nabievich - O`zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Islom Karimov nomidagi aeroportda jamoat xavfsizligini ta`minlash bo`limi jinoyat qidiruv bo`linmasi boshlig`i
Soyibov O`ktamjon Yorievich - Buxoro viloyati G`ijduvon tumani ichki ishlar bo`limi boshlig`i
Sotvoldiev Ilyosjon Xamitjonovich - Namangan viloyati Ichki ishlar boshqarmasi qo`riqlash boshqarmasi otryad komandiri
Usmonov Abdisodiq Abdirayimovich - Navoiy viloyati Xatirchi tumani ichki ishlar bo`limi profilaktika katta inspektori






