AsosiyDunyo

Marhum jurnalistning qallig`i 24 soatlik qo`riqlov ostiga olindi

'Marhum jurnalistning qallig`i 24 soatlik qo`riqlov ostiga olindi'ning rasmi

Turkiya hukumati Saudiya Arabistonining Istanbuldagi konsulligida o`ldirilgan jurnalist Jamol Xoshigiyning qallig`i Xatis Chingizni 24 soatlik qo`riqlov ostiga oldi, deya xabar qilmoqda Daily Mail nashri.

Ayolning qo`riqlovga olinishining aniq sabablari ko`rsatilmagan. Chingiz Istanbul xavfsizlik boshqarmasi xodimlari tomonidan kecha-kunduz qo`riqlanadi.U Turkiya fuqarosi bo`lib, Xoshogiy yo`qolgan kuni u bilan birga Saudiya Arabistoni konsulligiga borgan. Biroq uni tashqarida kutib turgan.

Jurnalistning o`limi tasdiqlangandan so`ng Chingiz Twitterdagi sahifasiga arab tilida "Ular sizni bu dunyodan olib ketishdi, lekin sizning go`zal tabassumingiz bizning dunyomizda abadiy qoladi", – deya post qoldirgan. Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo`g`an 23 oktyabrda jurnalistning o`ldirilishi tafsilotlarini oshkor qilishga va`da bergan.

    Boshqa yangiliklar