AsosiyJamiyat

O`zbekistonda Energetika vazirligi tashkil etiladi

'O`zbekistonda Energetika vazirligi tashkil etiladi'ning rasmi

Prezident qarori bilan elektr energetikasi tarmog`ini isloh qilish bo`yicha Komissiya tuzildi. Bu haqda O`zA xabar bermoqda.

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 23 oktyabrdagi “Elektr energetikasi tarmog`ini jadal rivojlantirish va moliyaviy barqarorligini ta`minlash chora-tadbirlari to`g`risida”gi qarori qabul qilindi.

Mazkur qarorga muvofiq, elektr energetikasi tarmog`ini isloh qilish bo`yicha Komissiya tashkil etildi.

Komissiyaga quyidagilar topshirildi:

• ishlab chiqarish quvvatlarini 2030 yilgacha 20 ming mVtga etkazish bo`yicha uzoq muddatli investisiyaviy dasturni 2019 yil 1 mayga qadar ishlab chiqish;

• 2019 yil 1 martga qadar elektr energiyasini uzatishda davlatning to`liq nazoratini saqlab qolgan holda elektr energiyasini ishlab chiqarish, uzatish, taqsimlash va sotishni tashkil etishning zamonaviy sxemasini ishlab chiqish yuklandi. Bunda elektr energiyasini ishlab chiqarish va taqsimlash (sotish) korxonalariga xususiy hamda xorijiy to`g`ridan-to`g`ri investisiyalar jalb qilinadi, ishlab chiqaruvchi korxonalardan to`g`ridan-to`g`ri tanlov asosida elektr energiyasini sotib olishning ulgurji bozori bosqichma-bosqich tashkil etiladi;

• 2019 yil 1 aprelga qadar elektr energetikasi tarmog`iga xususiy sektorni jalb qilishni rag`batlantiruvchi, elektr energiyasining joriy va kapital xarajatlarini qoplashga asoslangan elektr energiyasi tariflarini hisoblash metodologiyasini tayyorlash va tasdiqlash;

• 2019 yilda elektr energetikasi tarmog`i korxonalarining korporativ obligasiyalarini chiqarish va xalqaro bozorlarga joylashtirish;

• 2018 yil 1 dekabrga qadar elektr energetikasi tarmog`ida davlat-xususiy sheriklikning normativ-huquqiy bazasi, tartib-taomillari va reglamentini ishlab chiqish bo`yicha “Yo`l xaritasi”ni tasdiqlash;

• 2018 yil 15 dekabrga qadar Energetika vazirligini tashkil etish to`g`risidagi Prezidenti Farmoni loyihasini ishlab chiqish.

    Boshqa yangiliklar