AsosiyJamiyat

​Buxoroda xulosa chiqarmagan «tadbirkor»larga chora ko`rildi

'​Buxoroda xulosa chiqarmagan «tadbirkor»larga chora ko`rildi'ning rasmi

Buxoro viloyati davlat soliq xizmati organlari xodimlari tomonidan olib borilayotgan profilaktik suhbatlarga qaramay, ayrim tadbirkorlar soliq qonunchiligi talablarini buzib hamda ba`zi fuqarolarimizning hech qanday hujjatlarsiz savdo-sotiq faoliyatini amalga oshirmoqdalar.

Viloyat davlat soliq boshqarmasi Jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot sho``basi boshlig`i B.Fayzievning xabar berishicha, Buxoro shahrining Kogon shossesi ko`chasida joylashgan binoda hech qanday hujjatlarsiz alkagol mahsulotlari sotish bilan shug`ullanayotgan fuqaro A.Kamolov bilan Buxoro shahar davlat soliq inspeksiyasi xodimlari bir emas, ikki marotaba profilaktik suhbatlar o`tkazib, unga faoliyatini qonuniylashtirib qo`yishini bildirishgan.

Shunga qaramay, A.Kamolov noqonuniy faoliyatini davom ettiravergan.

Natijada, o`tkazilgan navbatdagi profilaktik tadbiri davomida ushbu fuqarodan 85 turdagi 6 million 355 ming so`mlik alkogol mahsulotlari daliliy ashyo sifatida vaqtinchalik olib qo`yildi.

Xuddi shunday, davlat soliq xizmati organlari xodimlarining ogohlantirishlaridan to`g`ri xulosa chiqarmay, viloyat markazidagi «Markaziy dehqon bozori» hududining belgilanmagan joyida hujjatsiz savdo faoliyati bilan shug`ullangan fuqaro U.Sultonov tomonidan savdoga qo`yilgan 2 million 215 ming so`mlik 3 xil turdagi chet elda ishlab chiqarilgan kiyim-kechaklar daliliy ashyo sifatida vaqtinchalik olib qo`yildi.

O`tkazilgan profilaktik tadbirlar davomida davlat soliq xizmati organlari xodimlari joriy yil oktyabr oyining o`tgan davrida soliq qonunchiligi talablariga zid ravishda daromad topishga intilayotgan 50 dan ortiq shaxslarga yurtimizda tadbirkorlik uchun yaratilgan imkoniyat va engilliklarni tushuntirib, 30 kun ichida faoliyatlarini qonuniylashtirib qo`ysalar, daliliy ashyo sifatida olib qo`yilgan tovar moddiy boyliklarini qaytarib olishlari mumkinligi eslatildi.

Aks holda ularga nisbatan qonunchilikda belgilangan tartibda faoliyat turlari doirasida qat`iy belgilangan soliqni hisoblash choralari ko`riladi.

Shunday ekan tadbirkorlikni yo`lga qo`yib daromad topmoqchi bo`lgan barcha fuqarolarimiz davlat xizmatlari markazidan ro`yxatdan o`tib, faoliyatlarini qonuniylashtirib qo`ysalar foydadan holi bo`lmasdi. Negaki, yurtimizda tadbirkorlik uchun yaratilgan imkoniyat va engilliklardan faqatgina qonuniy tadbirkorlar foydalana oladilar.

    Boshqa yangiliklar