Kosta-Rikada nisbatan ko`p yog`ingarchilik tufayli Naranja daryosi o`zanidan ko`tarilgan, deya xabar bermoqda Lenta.ru nashri.
Buning oqibatida esa daryoda bo`lgan qayiq halokatga uchradi. Voqea 5 kishining qurbon bo`lishiga olib kelgan. Ularning 4 tasi AQSh fuqarolari ekani xabar qilinmoqda. Hozirda jasadlar mamlakat poytaxti San-Xosega olib kelingan. Bu erda tibbiy ekspertiza o`tkazilgach, jasadlar AQShga yuboriladi.






