AsosiyJamiyat

Navoiy shahridagi kuchli yong`inda nogironlar qutqarildi

'Navoiy shahridagi kuchli yong`inda nogironlar qutqarildi'ning rasmi

Navoiy shahridagi Bunyodkorlar ko`chasida joylashgan xonadonlarday birida yong`in sodir bo`lgan, deb xabar bermoqda O`zA.

Yong`in chiqqan 8/5A uyda 1949 yilda tug`ilgan 1-gurux nogironi N.R, 8/4A uyda 1958 yilda tug`ilgan 2-guruh nogironi A.X. va 1981 yilda tug`ilgan 1-guruh nogironi S.X.lar istiqomat qilgan.

Navoiy viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Yong`in xavfsizligi boshqarmasi Kuch va vositalarni boshqarish va muvofiqlashtirish markaziga yong`in xavfsizligi xizmatining bo`linmlari yong`in haqida xabar kelib tushgach 5 daqiqada etib borgan.

Ko`rilgan chora va tezkor harakatlar natijasida yong`in zudlik bilan o`chirilgan. Nogiron shaxslar yong`in o`chiruvchilari tomonidan tezkorlik bilan qutqarilgani sababli tan jarohati olganlar va halok bo`lganlar yo`q.

photo5359607693913991625.jpg
Yong`inga to`rtta yong`in o`chirish ekipaji jalb etilgan. Yong`in oqibatida 8/4A uyning 30 kv.metr maydonda tomi, shifti va uy-jihozlari hamda 8/5A-uyning 20 kv.metr maydonda va 6A-uyning 18 kv.metr maydonda tom qismi yonib zaralangan.

Yong`in sababi aniqlanmoqda va ushbu holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar