Xitoyda ishlab chiqarilgan yirik samolyot-amfibiya ilk parvozini muvaffaqiyatli yakunladi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti nashri.
"Szilun" (AG600) suv sathi uzra parvoz qilgan va osongina qo`ngan.
Samolyot Xubey provinsiyasi “Chjanxe” gidroaedromida saqlanadi.
Samolyot to`rtta turbovintli dvigatel bilan jihozlangan, 12 tonna yuk bilan 20 soniyada suvdan ko`tarila oladi. Shuningdek, samolyot 50 kishini tashiy oladi.






