AQShda bir kurer bemorga boshqa shtatdan uning sevimli taomini etkazib keltirib berdi, deya xabar berdi Lenta.ru nashri.
Buning uchun kurer 362 km. yo`l bosgan.
Indianapolis shahrida istiqomat qiluvchi Rich Morgan saraton kasalligiga duchor bo`lib, Michigan shtatidagi o`zining sevimli pisseriyasiga borolmas edi. Buni eshitgan 18 yoshli Dolton Sheffar bemorga yordam bergisi kelib, qahramonlik ko`rsatgan.






