Davlat bojxona qo`mitasi axborot xizmati ma`lumotlariga ko`ra, joriy yilning o`tgan davrida Urganch xalqaro aeroporti orqali harakatlangan 105 mingdan ortiq fuqarolardan 97 foizdan ortig`i aynan “yashil yo`lak” orqali harakatlangan.
Bojxona chegaralari orqali harakatlanayotgan fuqarolar yaratilayotgan qulayliklardan samarali foydalanish o`rniga, o`z manfaatlarini ko`zlab, qonunbuzarliklarga qo`l urayotgani uchrab turibdi.
“Urganch aeroporti” chegara bojxona postida “yashil yo`lak” orqali harakatlangan fuqaro A.K.ning qo`l yuklari bojxona nazoratidan o`tkazilganda, unda yo`lovchi bojxona deklarasiyasida qayd etilmagan,belgilangan me`yordan ortiqcha bo`lgan qiymati 3,6 million so`mlik, xorijda ishlab chiqarilgan 17 turdagi 47 dona parfyumeriya vositalari, ya`ni atirlarni noqonuniy ravishda olib kirayotganlik holati aniqlandi.

Hozirda mazkur holat bo`yicha tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.






