AsosiyJamiyat

Maktablarda elektron jurnallar va kundaliklar joriy qilinadi

'Maktablarda elektron jurnallar va kundaliklar joriy qilinadi'ning rasmi

O`zbekiston Xalq ta`limi vazirligi va Rossiyaning “Dnevnik.ru” kompaniyasi umumta`lim maktablarida elektron jurnallar va kundaliklarni joriy qilish bo`yicha loyihani amalga oshiradi. Bu haqda Xalq ta`limi vazirligi matbuot xizmati ma`lum qildi.

KUNDALIK loyihasi maktablarda o`zlashtirish va davomat hisobini yuritish tizimini tatbiq qilishni ko`zda tutadi. Tashabbus davlat-xususiy sektor hamkorligi doirasida amalga oshiriladi.

KUNDALIK raqamli ta`lim platformasi “Dnevnik.ru”ning hozirda Rossiya maktablarida tatbiq qilinib, adaptasiya qilingan axborot tizimining texnologik o`zagi negizida ishlab chiqiladi.

Tizim onlayn tartibda darslar jadvalini tuzish, o`qituvchilarning darslar bo`yicha rejalarini shakllantirish, o`quvchilarning davomati va o`zlashtirishi hisobini elektron shakldagi jurnallar va kundaliklarda olib borish, ta`lim tashkilotlari va ta`limni boshqarish idoralarini statistik hisobotni shakllantirish vositalari bilan ta`minlashga imkon beradi.

Tizim o`quvchilar va ota-onalarga kecha-yu kunduz baholar va uy topshiriqlarini ko`ra olish, samarali muloqot uchun himoyalangan ijtimoiy tarmoq, onlayn-kutubxona va mediatekadan foydalanishni taklif qiladi.

O`zbekiston Xalq ta`limi vaziri o`rinbosari Sarvar Boboxojaev “Xalq ta`limi vazirligining asosiy maqsadlaridan biri o`qituvchilar ishlashi uchun qulay sharoitlarni yaratish hisoblanadi. Zamonaviy texnologiyalarni qo`llab, maktablarda qog`ozda hisobot yuritish hajmini va bu bilan bog`liq holda o`qituvchilarga tushadigan yuklamani qisqartirmoqchimiz. Shu bilan birga ta`lim jarayonini boshqarish va o`quvchilarning davomati va o`zlashtirishi bo`yicha vosita yaratamiz”, deb aytdi.

O`z navbatida “Dnevnik.ru” rahbari Gavriil Levi KUNDALIK O`zbekiston-Rossiya munosabatlarini rivojlantirishdagi muhim loyihalardan biri bo`lishiga ishonchi komilligini aytgan. “Bizning hamkorlik O`zbekistonda ta`limning rivojlanishiga va yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlashda ko`mak beradi”, deb ta`kidlab o`tgan.


    Boshqa yangiliklar