Toshkent shahridagi ta`lim muassasalarida tahsil olayotgan Ichki ishlar profilaktik hisobida turuvchi voyaga etmaganlarni ro`yxatdan chiqarish bo`yicha «Shu Vatanga bordir mening keragim!» loyihasi amalga oshirilmoqda.

Mazkur loyiha doirasida O`zbekiston yoshlar ittifoqi Toshkent shahar Kengashidagi Yoshlar markazida tashkil etilgan tadbirda Ichki ishlar profilaktik hisobida turuvchi 150 nafar voyaga etmagan yoshlar ishtirok etishdi. Shuningdek, joriy yilning 13-oktyabr kuni O`zbekiston yoshlar ittifoqi Toshkent shahar Kengashi tomonidan mazkur yoshlardan 50 nafari Samarqand shahriga ekskursiyaga olib borildi.

Sayohat davomida Ichki ishlar profilaktik hisobida turuvchi
yoshlarga Samarqand shahrida joylashgan dunyoga mashhur ziyoratgohlar tanishtirilib, bu zamindan buyuk insonlar etishib chiqqanligi, ular ulug` allomalarning avlodlari ekanligi ta`kidlab o`tildi.

Sayohatdan ko`plab yoshlar yaxshi taassurotlar bilan qaytishdi.






