Bugun, 18 oktyabr holatiga «GM Uzbekistan» AJ 45 daqiqada rasmiylashtirib, olib ketish mumkin bo`lgan 208 ta avtomobil taqdim etmoqda. Avtomobillarning 20 donasi «Cobalt» va 188 donasi «Spark», deb xabar bermoqda kompaniya matbuot xizmati.
Savdoda «Spark» avtomobilining 3-poz A/T, 4-poz evro A/T hamda 2-poz evro M/T modifikasiyalari, «Cobalt»ning esa 1-poz evro A/T, 4-poz evro A/T, 2-poz evro M/T modifikasiyaliklari mavjud.
Mazkur avtomobillarni xarid qilish istagida bo`lgan xaridorlar kompaniyaning rasmiy dilerlarida mavjud taqsimotga qarab o`zlariga qulay bo`lgan avtosalonga murojaat qilishlari mumkin. Dilerlardagi taqsimot ushbu havolada keltirilgan.
Dilerlarning manzillari va aloqalari ro`yxati bilan ushbu havola orqali tanishish mumkin.






