GM Uzbekistan kompaniyasi GM Korea bilan hamkorlikda Toshkentda "Tracker" modelini yirik uzelli yig`ish ishlarini olib bormoqda. Bu haqda «O`zavtosanoat» matbuot xizmatixabar berdi.
"Yangi kompakt krossoverni ishlab chiqarishni yo`lga qo`yish, uskuna va butlovchi qismlarni etkazib berish uchun GM Uzbekistan va GM Korea o`rtasida bir qator shartnomalar imzolangan. Sinov ishlab chiqarish doirasida ayni damda 28 dona "Tracker" yig`ildi", -deyiladi xabarda.
"Tracker"ni ommaviy ishlab chiqarish yo`lga qo`yilishi sanasi, shuningdek, avtomobil narxlari haqida batafsil ma`lumot barcha ishlab chiqarish jarayoni yo`lga qo`yilgandan so`ng beriladi.






