AsosiyJamiyat

1 noyabrdan Afrosiyob tezyurar poezdlariga chiptalar narxi oshiriladi

'1 noyabrdan Afrosiyob tezyurar poezdlariga chiptalar narxi oshiriladi'ning rasmi

2018 yil 1 noyabrdan Afrosiyob tezyurar poezdlariga chiptalar narxi oshiriladi. Bu haqda «O`zbekiston temir yo`llari» AJ matbuot xizmati ma`lum qildi.

Qayd etilishicha, bu elektr energiyasi, xom ashyo, ehtiyot qismlar uchun barcha xarajatlarni qoplash va xodimlarga munosib ish haqi to`lash uchun zarur chora hisoblanadi.

Narxlarni tartibga solish poezd yo`nalishlari soni ko`payishiga olib kelishi va ijtimoiy ahamiyatga ega yo`nalishlarni doimiy ravishda ta`minlab turish imkonini berishi bildirilmoqda.

Xabarda narxlar qanchaga oshishi haqida ma`lum qilinmagan.

Eslatib o`tamiz, hozirgi kunda Toshkent—Buxoro—Toshkent, Toshkent—Shahrisabz—Toshkent, Toshkent—Samarqand—Toshkent yo`nalishlarida 4 ta Afrosiyob tezyurar poezdi harakatlanmoqda.

    Boshqa yangiliklar