Kongo hukumati shu oyda Angolada olmos qazib olish chog`ida 12 nafar kongolik muhojirlar halok bo`lganini ma`lum qilmoqda, deb xabar qildi TASS nashri.
Minglab kishilar o`z uylarini tashlab qo`shni mamlakatga ishlash uchun borishgan. Ular qimmatbaho toshlarni qo`lbola usulda qazishadi. Kongo hukumati odamlar hayot uchun xavfli bo`lgan og`ir sharoitlarda ishlayotganini ta`kidlamoqda. Angola xavfsizlik kuchlari esa barcha ayblovlarni rad etmoqda.






