Hindistonning Bengal shahrida avtobus YTHga uchradi, deb xabar qilmoqda Lenta.ru nashri.
Gap shundaki, yo`lovchi tashuvchi avtobus ag`darilib ketgan. Natijada 6 nafar inson hayotdan ko`z yumgan bo`lsa, yana 20 kishi yaralandi. Xududda olib borilgan qutqaruv operasiyasi uzoq davom etdi. Sababi – jabrlanganlar avtobus ostidan asta sekinlik bilan olib chiqilgan. Voqeaga yo`llarning yomonligi hamda haydovchi tezlikni nazorat qilolmagani sabab bo`lgani taxmin qilinmoqda.






