“UFC“ bo`yicha engil vaznda chempion bo`lgan rossiyalik Xabib Nurmagomedov irlandiyalik Konor Makgregor tomonidan taklif qilingan 15 million AQSh dollari va revansh janggiga rozilik bermadi, deb ma`lum qildi Xabibning amakisi Aleks Nurmagomedov.
– Konor bilan revansh jangi bo`lmaydi. Bu Xabib uchun ahamiyatga ega emas. U Konor bilan hech qanday pulga urishmaydi. To`g`ri irlandiyaliklar revansh jang uchun 15 million dollarni taklif qilishdi. Lekin Xabib bu taklifga ham yo`q, deya javob berdi. Konor o`ziga boshqa raqib topsin. Xabib esa Fergyuson bilan jangdan so`ng faoliyatini yakunlamoqchi, – deydi Aleks Nurmagomedov.






