Fransiya janubi-g`arbida ro`y berayotgan toshqin qurbonlari soni 13 nafarga etdi, deya xabar qildi Segodnya nashri.
Reuters tomonidan ma`lumot berilishicha, yana bir kishi bedarak yo`qolgan. Hozircha faqatgina ming kishi boshqa joylarga ko`chirilgan. Ammo vaziyat shu tariqa davom etsa, qolganlarni ham evakuvasiya qilishga to`g`ri kelishi mumkin. Hudud bo`ylab 7 ta vertolyot navbati bilan parvoz qilmoqda. Ular toshqindan qochib, uy tomidan panoh topgan odamlarni qutqarish uchun jalb qilingan. Ayni vaqtda mamlakat bosh vaziri Eduard Filipp joylarga borib, vaziyat bilan tanishmoqda.






