Irlandiyalik UFC jangchisi Konor Makgregorning murabbiyi Jon Kavana eks-chempion 16 martda oktagonga qaytishi mumkinligini ma`lum qildi, deya xabar qildi Gazeta.ru nashri.
“Ushbu jang Habib Nurmagomedov yoki boshqa jangchiga qarshi bo`lishi mumkin, ammo 16 martda o`tkazilishi aniq, negaki 17 mart Avliyo Patrik kunidir”, – deydi murabbiy.
Shuningdek, Makgregor kelasi yilning yoz faslida bir necha bor oktagonga chiqishi taxmin qilinmoqda.






