Xitoyning Yunnan va Sichuan provinsiyalarida suv toshqini kuzatilmoqda, deb xabar berdi RIA novosti nashri.
Daryolar soat sayin ko`tarilib bormoqda. Shu tufayli Jinsha daryosiga yaqin hududlarda 3 mingdan ortiq insonlar evakuasiya qilinmoqda. 297 nafar talaba va 70 nafar o`qituvchi toshqin tufayli binoda qolib ketgan. Bir necha soat davom etgan qutqaruv amaliyotidan so`ng ular qutqarib olindi. Ma`lumotlarga ko`ra, tabiiy ofat 30 ming kishiga xavf solmoqda. Biroq hozircha ularning hammasini evakuasiya qilish imkoni yo`q. Qutqaruvchilar iloji boricha tezroq harakat qilishmoqda. Chunki yog`ayotgan yomg`ir qorga aylansa, vaziyat yanada og`irlashadi.






