AsosiyDunyo

Afg`onistondagi to`yda portlash sodir bo`ldi

'Afg`onistondagi to`yda portlash sodir bo`ldi'ning rasmi

Afg`oniston sharqidagi Logar provinsiyasida bo`lib o`tgan to`yda portlash ro`y berdi, deb xabar bermoqda RIA Novosti nashri.

Portlash oqibatida olti kishi halok bo`lgan, 20 kishi jarohatlangan.

Portlovchi qurilma musiqachilar o`tirgan sahna tagiga qo`yilgan ekan.

Yaradorlar kasalxonaga etkazilgan.

Ushbu voqea yuzasida tergov ishlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar