Amerika Qo`shma Shtatlarining Florida shtatiga yopirilgan «Maykl» bo`roni oqibatida yana 6 kishi halok bo`ldi va umumiy qurbonlar soni 16 nafarga etdi, deb xabar qilmoqda Segodnya.ua nashri.
Bu raqam ortishi mumkinligi xabar qilinmoqda. Shtatning shimoli-g`arbiy qismi va Virjiniya shtati bo`rondan eng ko`p jabr ko`rgan. 1,5 million odam elektr energiyasisiz qoldi. Ayni damda qutqaruvchilar joylarda ish olib bormoqda. Eslatib o`tamiz, dovul AQSh janubi-sharqiy sohiliga 10 oktyabrda yopirilgan. Shamol tezligi soatiga 250 km.ga etdi. Soha mutaxassislari esa suv toshqinlari xavfi borligi to`g`risida ogohlantirishmoqda.






