AsosiyJamiyat

Andijondagi bo`sh turgan kollej yotoqxonalari uylarga aylantirilib, og`ir sharoitda yashayotgan ayollarga beriladi

'Andijondagi bo`sh turgan kollej yotoqxonalari uylarga aylantirilib, og`ir sharoitda yashayotgan ayollarga beriladi'ning rasmi

Andijon viloyatida og`ir uy-joy maishiy sharoitlarda yashayotgan va boquvchisini yo`qotgan ayollarni uy-joy bilan ta`minlash chora-tadbirlari to`g`risidagi Hukumat qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligining "Huquqiy axborot" kanali xabar berdi.

Qarorga muvofiq, Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligining viloyatdagi bo`sh turgan 16 ta yotoqxona binosi turar joylarga aylantiriladi.

Mazkur uy-joylar og`ir sharoitda yashayotgan, boquvchisini yo`qotgan, nogironligi bo`lgan shaxslarni parvarish qilayotgan xotin-qizlar, farzandlarini to`liqsiz oilada tarbiyalayotgan va uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj ayollarga beriladi.

Turar joylarga talabgorlarni tanlash hududiy komissiyalar tomonidan amalga oshiriladi.

Shuningdek, bo`sh turgan yotoqxonalarning ishlab chiqarish, maishiy xizmat ko`rsatish shoxobchalari va maktabgacha ta`lim muassasalariga aylantirilgan qismi tadbirkorlarga belgilangan tartibda investisiya va ijtimoiy majburiyatlar evaziga “nol” xarid qiymatida sotiladi yoki tekin foydalanish shartnomasi asosida beriladi.

    Boshqa yangiliklar