AsosiyJamiyat

Samarqand viloyati xotin-qizlar raisi ham ayol kishiga nisbatan qilingan xatti-harakatni qoraladi

'Samarqand viloyati xotin-qizlar raisi ham ayol kishiga nisbatan qilingan xatti-harakatni qoraladi'ning rasmi

Samarqand viloyati xotin-qizlari qo`mitasi raisi ham Kattaqo`rg`on shahridagi voqeadan afsusdaligini bildirdi.

"Ma`naviyat, ilm-ma`rifat, madaniyat sohalarida nafaqat viloyat, balki Respublikamizda o`ziga xos o`rni va mavqeiga ega bo`lgan Kattaqo`rg`on, uning xalqi, ayniqsa xotin-qizlari bunday munosabatga mutlaqo loyiq emas edi. Voqea har tomonlama o`rganilmoqda, ayol bilan esa shaxsan suhbat qurildi. U ruhan tushkunlikka tushmagan, qonun ustuvorligiga ishonadi.

Ayni paytda surishtiruv ishlari olib borilayotganligi sababli voqea tafsilotlariga batafsil to`xtalmaymiz.

Ammo, shunisi aniqki, aybdorlar qonun doirasida o`z jazosini oladi. Hali aybi isbotlanmagan kishiga, eng yomoni, xotin-qizga nisbatan qilingan bu xatti-harakat millatimiz sha`niga dog` bo`lib tushdi.

Ushbu voqea o`z huquq va manfaatlarini himoya qilishda nafaqat xotin-qizlar o`rtasida, balki jamiyatimizda hali ko`p ishlar amalga oshirilishi kerakligini ko`rsatib berdi", — degan qo`mita raisi.

Shuningdek, Hamrotosh Shodieva voqea yuzasidan aniq dalillar asosida munosabat bildirishga va`da bergan.

    Boshqa yangiliklar