AsosiyJamiyat

AQSh fuqarosi Zokir Alievga sud hukmi o`qildi

'AQSh fuqarosi Zokir Alievga sud hukmi o`qildi'ning rasmi

Jinoyat ishlari bo‘yicha Qashqadaryo viloyat sudida sudlanuvchi Zokir Aliyevga nisbatan jinoyat ishini ko‘rib chiqish bo‘yicha sud jarayoni nihoyasiga yetdi va sud hukmi e’lon qilindi. Bu haqda Oliy sud rasmiy vakili Aziz Obidov ma’lum qildi.

Manba bergan xabarga ko‘ra, sud jinoyat ishi materiallarini o‘rganib, Aliyevni O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 159-moddasi 1 qismi (O‘zbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumiga tajovuz qilish) va 244-2-moddasi 1 qismida (diniy ekstremistik, separatistik, fundamentalistik yoki boshqa taqiqlangan tashkilotlar tuzish, ularga rahbarlik qilish, ularda ishtirok etish) ko‘zda tutilgan jinoyatlarni sodir etishda aybdor deb topdi.

“Sud O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va jinoyat qonunchiligida o‘zining teran ifodasini topgan insonparvarlik, bag‘rikenglik va adolat tamoyillaridan kelib chiqib, sudlanuvchilarga jazo tayinladi”, deyiladi xabarda.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Qashqadaryo viloyat sudi 2000 yildan keyin O‘zbekiston Respublikasiga kelgunga qadar qariyb 18 yil davomida jinoiy faoliyat bilan boshqa shug‘ullanmaganligini inobatga olib, Zokir Aliyevga O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 57 (yengilroq jazo tayinlash) va 59 (bir necha jinoyat sodir etganlik uchun jazo tayinlash) moddalarini qo‘llagan holda Zokir Aliyevga 18 yil avvalgi (ya’ni, jinoyat sodir etilgan vaqtdagi) eng kam oylik ish haqining 600 barobari miqdorida — 1,05 million so‘m jarima jazosi tayinlagan.

    Boshqa yangiliklar