AsosiyJamiyat

Musulmonlar idorasi turfirma ochdi

'Musulmonlar idorasi turfirma ochdi 'ning rasmi

O`zbekiston musulmonlar idorasi o`z turfirma ta`sis etdi, deb xabar qilmoqda muassasa matbuot xizmati.

“O`zbekiston Musulmonlar idorasi huzuridagi “Muslim-tour” nomli turistik firmaning faoliyati mahalliy va xorijiy fuqarlarni mamlakat ichidagi va tashqarisidagi muqaddas joylarga tashriflarini uyushtirish, sayyohlar uchun qulay sharoitlar yaratish va musulmon dunyosida O`zbekiston obro`sini oshirishga qaratilgan”, — deyilgan xabarda.

Davlat Turizmni rivojlantirish qo`mitasi tomonidan “Muslim-tour” turistik agentligiga ichki va tashqi turistik faoliyat bilan shug`ullanish imkonini beruvchi lisenziya berilgan.

    Boshqa yangiliklar