AsosiyShou-biznes

Tatlisesni uch minginchi marta "o`ldirishdi"

Ibrohim Tatlises o`limi xaqidagi xabarlarni shaxsan inkor etdi. Bu haqda ajans34 nashri xabar bermoqda.

U kuni kecha o`tgan saylovda saylovchi sifatida ovoz berayotgan paytdagi suratini tvitter sahifasiga joylashtirib, "meni birgina jonim bor, lekin shu paytgacha uch ming marta o`ldirdingiz. Men ham qachondir o`laman, bu aniq. Ammo, hali Yaratgandan amr kelmadi. Mana ko`rib turibsizlarki, tirikman va saylovda ovoz beryapman" degan izohni o`z surati ostida yozib qoldirdi.

Qayd qilib o`tamiz, so`nggi paytlar ijtimoiy tarmoqlarda mashhur xonanda Ibrohim Tatlises o`limi haqidagi xabarlar ko`p marotaba tarqaldi.

    Boshqa yangiliklar