AsosiyDunyo

Rossiya AQSh va EI davlatlarining agromahsulotlarini import qilishni taqiqladi

Rossiya hukumati mamlakatga nisbatan joriy qilingan sanksiyalarga javoban AQSh, Evropa Ittifoqi mamlakatlari, Avstraliya, Kanada va Norvegiya qirolligidan agromahsulotlarni import qilishni taqiqlab qo`ydi. Bu haqda payshanba kuni RF hukumati bosh raisi Dmitriy Medvedev ma`lum qildi.

Endi 7 avgust kunidan Rossiyaga AQSh, Evropa Ittifoqi mamlakatlari, Avstraliya, Kanada va Norvegiya qirolligidan mol go`shti, cho`chqa go`shti, sabzavot, meva, qo`sh go`shtlari, baliq, pishloq, sut va sutli mahsulotlarni olib kirish taqiqlanadi.

Taqiq muddati bir yil bo`lib, faqatgina bolalar uchun mo`ljallangan mahsulotlarga tegishli emas, deya xabar beradi Vesti.ru.

Shuningdek, Dmitriy Medvedev mahalliy agromahsulotlar narxini sun`iy ko`tarilishiga yo`l qo`yilmasligini va tegishli vazirliklar mahsulotlar narxini nazorat qilishlarini qayd qilib o`tdi.

    Boshqa yangiliklar