AsosiyJamiyat

Toshkent shahar hokimligining poytaxt aholisi hamda mehmonlariga murojaati

'Toshkent shahar hokimligining poytaxt aholisi hamda mehmonlariga murojaati'ning rasmi

Ma`lumki, Davlatimiz rahbari 9 may “Hotira va qadrlash kuni” munosabati bilan o`zbek xalqining yuksak insoniy fazilatlarining yorqin namunasi bo`lgan Shoahmad Shomahmudovlar oilasi qahramonligining ahamiyati va qadrini inobatga olib, xalqimizning ezgu fazilat va qadriyatlarini abadiylashtirish maqsadida “Xalqlar do`stligi” nomi va yodgorlik ansamblini Poytaxt markaziga qaytarish yuzasidan ko`rsatma berdi.

Ayni damda shahrimizning muhtasham san`at saroyi oldidagi maydon va uning atrofidagi hududda ulkan qurilish ishlari olib borilmoqda. Buning natijasida markaziy ko`chalar va yo`l o`tkazgichlarda vaqtinchalik tirbandliklar yuzaga kelib, shahar aholisi noqulayliklarga duch kelmoqda.

Shu munosabat bilan poytaxt aholisi va mehmonlaridan amalga oshirilayotgan shu va boshqa qurilish ishlari davomida yuzaga kelayotgan noqulayliklarni to`g`ri tushunishlarini so`raymiz.

Amalga oshirilayotgan bu kabi bunyodkorlik ishlari kelgusida shahrimiz aholisi va mehmonlarining qulayligi, poytaxt ko`chalarining go`zalligi hamda porloq kelajagimiz uchun xizmat qilishi shubhasiz.

    Boshqa yangiliklar