AsosiySport

Osiyo Olimpiya Kengashi rahbari Shayh Ahmad Al-Fahad Al-Sabax O`zbekistonga etib keldi

'Osiyo Olimpiya Kengashi rahbari Shayh Ahmad Al-Fahad Al-Sabax O`zbekistonga etib keldi'ning rasmi

MOQ Prezidenti Umid Ahmadjonovning taklifiga ko`ra bugun, 28 aprel kuni Osiyo Olimpiya Kengashi va Milliy Olimpiya qo`mitalari Assosiasiyasi Prezidenti Shayh Ahmad Al-Fahad Al-Sabax boshchiligidagi delegasiya yurtimizga etib keldi., deb xabar bermoqda qo`mita axborot xizmati.

Mehmonlarni Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida O`zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vaziri Shoakrom Isroilov hamda Milliy olimpiya qo`mitasi Bosh kotibi Jasur Matchanovlar kutib olishdi.

«Qo`lga kiritilayotgan muvaffaqiyatlarimizda siz bilan olib borayotgan hamkorlikning ahamiyati katta. Siz amalga oshirayotgan ishlar qanchalik qiyin, murakkab, mashaqqatli ekanligini juda yaxshi bilamiz. O`zbekiston sport oilasi va xalqimiz buni juda qadrlaydi. Chunki, bu oson ish emas», – dedi Shoakram Isroilov martabali mehmonni qarshilar ekan.

O`z navbatida Shayh Ahmad al-Fahad al-Sabax yurtimizga tashrif buyurganidan xursand ekanligini qayd etdi.


Osiyo Olimpiya Kengashi delegasiyasining poytaxtimizga tashrifi davomida tomonlar rasmiy uchrashuv o`tkazish bilan bir qatorda, hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirish, sportchilarimizning Jakartadagi Osiyo o`yinlariga tayyorgarlik jarayoni, mamlakatimizda sport taraqqiyoti va Olimpiya harakatiga oid boshqa masalalarni ham muhokama qilishlari ko`zda tutilgan.

Toshkentga uyushtirgan safari davomida Shayx Ahmad al Sabaxga Osiyo Olimpiya Kengashi a`zosi, “Osiyo o`yinlari-2018” direktori Haydar Farmon hamrohlik qilmoqda.

    Boshqa yangiliklar