AsosiyJamiyat

“Yosh chegarachilar” musobaqasining respublika bosqichi natijasi e`lon qilindi

'“Yosh chegarachilar” musobaqasining respublika bosqichi natijasi e`lon qilindi'ning rasmi

Poytaxtimizdagi Yoshlar ijod saroyida respublika chegaraoldi hududlarida joylashgan kasb-hunar kollejlari va akademik lisey o`quvchilari o`rtasida o`tkazilgan “Yosh chegarachilar” musobaqasining respublika bosqichi g`oliblarini taqdirlash marosimi o`tkazildi.

Jamoalar musobaqada safda yurish tayyorgarligi, harbiy varaqalar, albom va vimpellar ko`rigi, ijtimoiy-siyosiy va huquqiy tayyorgarlik, chegarachi-jangchilar haqidagi “Unutilmas yorqin yulduzlar” kitobi bilimdoni, Birinchi Prezidentimiz asarlari bilimdoni, ingliz tili bilimdoni, turli harbiy-amaliy ko`nikmalar, jismoniy tayyorgarlik bo`yicha bahslashgani haqida xabar bergan edik. Shuningdek, ishtirokchilar harbiy dala o`quv-mashq maydonida harbiylashtirilgan sport musobaqalarida ham o`z mahoratini sinovdan o`tkazdi.

5.JPG

Yakuniy natijalarga ko`ra, Jizzax viloyati Baxmal tumani qishloq xo`jalik kasb-hunar kollejining “Uchqun” jamoasi g`olib deb topildi. Qashqadaryo viloyati Nishon maishiy xizmat ko`rsatish kasb-hunar kollejining “Yosh harbiylar” jamoasi ikkinchi, Samarqand viloyatidan tashrif buyurgan Bulung`ur pedagogika va sport kasb-hunar kollejining “Barkamol avlod” jamoasi uchinchi o`rinni egalladi.

8.JPG

15.JPG

O`zA xabariga ko`ra, g`olib va sovrindorlarga hamkor tashkilotlar tomonidan diplom va esdalik sovg`alari topshirildi. Tadbir davomida ishtirokchilar uchun konsert dasturi namoyish etildi.

    Boshqa yangiliklar