AsosiyJamiyat

Jamoaviy murojaatlar yagona platformaga joylashtirilmoqda

'Jamoaviy murojaatlar yagona platformaga joylashtirilmoqda'ning rasmi

Avvalroq, “Mening fikrim” maxsus veb-portalining ishga tushishi haqida xabar bergan edik.

Portalda fuqarolarning ilk jamoaviy murojaatlari joylashtirildi. Jumladan:

- maktablarda o`quvchilardan, ularning ota-onalaridan pul yig`ish holatlariga barham berish va bunga yo`l qo`ygan shaxslarga javobgarlik belgilash lozim;

- temir yo`l vokzallariga kirib-chiqishni erkinlashtirish lozim;

- ayollar va erkaklar uchun nikoh yoshini bir xil etib (18 yosh) belgilash lozim;

- bozorlar hisobidagi do`kon va rastalarni onlayn ijaraga berish va elektron hisobga olish tizimini joriy etish.

Eslatib o`tamiz, 2017-2021-yillarda O`zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo`nalishi bo`yicha Harakatlar strategiyasini “Faol tadbirkorlik, innovatsion g`oyalar va texnologiyalarni qo`llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturi doirasida “Mening fikrim” maxsus veb-portali yaratilishi belgilangan edi. Bunda internet tarmog`ida Parlament va fuqarolar o`rtasida elektron jamoaviy murojaat kiritish imkoni beruvchi maxsus maydon yaratish nazarda tutilgan edi.

www.meningfikrim.uz portali O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi qonunchilik muammolari va Parlament tadqiqotlari instituti hamda qator mutasaddi vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan.

    Boshqa yangiliklar