AsosiyDunyo

Amerika polisiyasi qurollangan bosqinchini qo`lga olish jarayonini suratga oldi (Video)

'Amerika polisiyasi qurollangan bosqinchini qo`lga olish jarayonini suratga oldi (Video)'ning rasmi

Luisvill polisiyasi ichki patrul kamerasi yordamida bosqinchini qo`lga olish jarayonini suratga oldi, deya xabar qilmoqda Vesti nashri.

Do`kon xodimi 911 xizmatiga qo`ng`iroq qilib, bosqinchini batafsil ta`riflab do`konni tunashgani haqida xabar qiladi.

Polisiyachilardan biri gumondorga o`xshash kimsani ko`chada ko`rib qoladi va uning ortidan quva boshlaydi.

Quvdi-quvdi davomida ikki o`rtada otishma yuzaga keladi. Polisiyachining hamkasblari ham yordamga etib keladi. Umumiy hisobda qonun himoyachilari 20 tacha o`q uzishadi.

Qo`lga olingan gumondor shaxs 21 yoshli Demonjeya Jordan bo`lib chiqdi. Badanining bir necha joyidan o`q egan gumondor kasalxonada vafot etdi.


Boshqa yangiliklar