Kecha, 25 aprel kuni Qozog`iston musulmonlari idorasining raisi, Bosh mufti Serikbay hoji O`raz tashabbusi bilan Olmaota Markaziy masjidida Qur`on hofizlari o`rtasida VII Respublika tanlovi boshlandi.
O`MI matbuot xizmati xabariga ko`ra, ushbu musobaqada Qozog`istonning 17 hududidan kelgan 63 qori va qoriyalar «To`liq hifz», «20 juz», «10 juz» va «Tilovat» yo`nalishi bo`yicha musobaqalashadilar.
Musobaqaning mutlaq g`olibiga engil avtomobil topshirilishi ko`zda tutilgan. Qolgan g`olib va sovrindorlarga pul mukofoti berilishi ma`lum qilindi.
Tanlov g`oliblarini tantanali taqdirlash marosimi «Alatau» majmuasida bugun (26 aprel kuni) bo`lib o`tishi rejalashtirilgan.






