AsosiyJamiyat

Tug`uruqqacha yotish bo`limining ayanchli ahvoli ijtimoiy tarmoqda qizg`in muhokama qilinayapti (foto)

'Tug`uruqqacha yotish bo`limining ayanchli ahvoli ijtimoiy tarmoqda qizg`in muhokama qilinayapti (foto)'ning rasmi

24 aprel kuni Facebook’dagi «Xalq bilan muloqot» guruhiga Namangan viloyatida Pop tuman markaziy shifoxonasining tug`uruqqacha yotish bo`limining achinarli holatdagi ahvoli aks etgan suratlar joylashtirildi.


"Bu bino Namangan viloyati Pop tumani markaziy shifoxonasining tug`uruqgacha yotadigan bo`limining ahvoli. Bu erda mani singlim davolanib, chiqdi. Vrachlarning ham malakasi past. Bir hafta mobaynida tashxis qo`yisholmadi. U erdagi antisanitariyaga gap topolmayman. Suvaraklar bemorlarni ustida yurarkan, kalamushlar bor ekan, pollarni ustida yurganda qo`rqib qadam tashlashar ekan sinib ketmasmikin deb. Xullas aytsa gap kup. Buni nazoratga oladiganlar bormi? Axir kasallar bu erga davolanish uchun borishadi. Bu erda bir yotgan odam davo topish o`rniga battar kasal buladiku", - deb deb yozadi guruh a`zosi Lobar Alieva.

Shuningdek, ushbu suratlar ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari tomonidan qizg`in muhokama qilinayapti.

    Boshqa yangiliklar