Namangan shahrida velosportning trek yo`nalishi bo`yicha yoshlar va o`smirlar o`rtasida O`zbekiston chempionati boshlandi, deb xabar bermoqda MOQ.
Musobaqada 2000-2001 yillarda tug`ilgan yosh sportchilar «Omnium» yo`nalishi bo`yicha ham o`zaro bellashadilar.
Terma jamoa uchun yangi nomlarni saralab olish, ularning malakasini oshirish va oldinda turgan nufuzli xalqaro musobaqalarga munosib tayyorgarlik ko`rish maqsadida o`tkazilayotgan chempionatda yurtimizning turli hududlaridan tashrif buyurgan yosh sportchilar ishtirok etishmoqda.






