AsosiyDunyo

2 yoshli bolakay mashinani o`t oldirib, onasining o`limiga sababchi bo`ldi

'2 yoshli bolakay mashinani o`t oldirib, onasining o`limiga sababchi bo`ldi'ning rasmi

AQShning Alabama shtatida 2 yoshli bolakay mashinani o`t oldirib, onasini urib yubordi. Bu haqda The Sun nashri xabar berdi.

Bola o`zi bilmagan holda to`satdan mashinani harakatga keltirdi va mashina oldida turgan onasini ustiga haydadi.

28 yoshli Kirsten Raeyn Pirsonning ushbu falokat oqibatida ko`krak qafasi qattiq jarohatlandi. Ayol zudlik bilan vertolyotda kasalxonaga etkazildi. Lekin yo`lda uning ahvoli og`irlashib, vafot etdi.

Polisiya tomonidan ushbu noxush voqea baxtsiz hodisa deb aytildi.

Marhumaning ota-onasi bolani o`z qaramog`iga oldilar va facebook’dagi sahifada unga bor mehrlarini berishni va`da berdilar.

Foto: Facebookoto: Facebook

    Boshqa yangiliklar