AsosiySport

Bokschilarimiz Osiyo chempionatini g`alaba bilan boshladi

'Bokschilarimiz Osiyo chempionatini g`alaba bilan boshladi'ning rasmi

Tailandda boks bo`yicha yoshlar o`rtasida o`tayotgan Osiyo chempionatini bokschilarimiz muvaffaqiyatli boshladi.

Qit`amizning 30 dan ortiq davlatidan kelgan 220 nafar charm qo`lqop ustalari g`oliblik uchun raqobatlashayotgan musobaqada 69 kilogramm vazn toifasida Jahongir Rahmonov xitoylik Tong Gangni 3:0 hisobida enggan bo`lsa, vazni 56 kilogramm bo`lgan Abdumalik Xalokov mo`g`ilistonlik Enktur Tegshjargal ustidan yirik hisobda zafar quchdi.

photo_2018-04-21_13-29-06.jpg

Bir ozdan so`ng musobaqaning qizlar o`rtasidagi bahslar boshlanadi. Unda Nasiba Xayrullaeva - Sena Irie (Yaponiya) bilan kuch sinashsa, Maftuna Fayzullaeva- Satsuki Yoshizava (Yaponiya) sinovdan o`tkazadi.

    Boshqa yangiliklar