AsosiyDunyo

Kubada Kastro davri tugayapti

'Kubada Kastro davri tugayapti'ning rasmi

2008 yildan beri Kubani boshqarib kelayotgan Raul Kastro ertaga, 19 aprel kuni hukumatni topshiradi.

Milliy majlis Kastro o`rniga Prezident muovini Dias-Kanelni tayinlashi kutilyapti. Dias-Kanel davlat tepasiga kelsa, Kuba tarixida Kastro familiyasiga ega bo`lmagan birinchi Prezident hisoblanadi.

Kubani 1959 yildan beri Kastro sulolasi boshqarib kelayotgan edi.

86 yoshli Raul Kastro Prezidentlikni topshirsa-da, “Kommunist” partiya etakchisi sifatida faoliyatini davom ettiradi.

Fidel Kastro 2008 yili sog`lig`i yomoshlashgani tufayli davlatni ukasi Raul Kastroga topshirgan edi. U 2016 yili 90 yoshida vafot etdi.

Prezident bo`lishi kutilayotgan Dias-Kanel 25 yildan beri kommunistik partiyada turli lavozimlarda xizmat qildi. Santa-Klaradagi Las-Villas universitetining elktronika muhandisligi bo`yicha tamomlagan Dias-Kanel harbiy xizmatdan keyin mazkur universitetda mehnat qildi. U 2013 yili Raul Kastro tomonidan Prezident muovini lavozimiga tayinlangan edi.

    Boshqa yangiliklar