AsosiyJamiyat

IIV aholidan nobiometrik pasportlarni 1 iyulgacha almashtirishni so`ramoqda

'IIV aholidan nobiometrik pasportlarni 1 iyulgacha almashtirishni so`ramoqda 'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi IIV Migrasiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bosh boshqarmasi va uning quyi xizmatlari tomonidan aholini biometrik pasportlar bilan ta`minlash ishlari davom ettirilmoqda, deb xabar berildi IIV saytida.

Xabarda aytilishicha, nobiometrik pasportlarni almashtirish muddati 2018 yil 1 iyul etib belgilangan bo`lib, biometrik pasportga ega bo`lmagan fuqarolar ushbu muddatni kutmasdan doimiy ro`yxatdan o`tgan manzillaridagi migrasiya va fuqarolikni rasmiylashtirish xizmatlariga zaruriy hujjatlar bilan murojaat etishlari va biometrik pasport olishlari mumkin.

Hozirgi kunda aholiga qulayliklar yaratish maqsadida, joylardagi biometrik ma`lumotlarni yig`ish punktlariga jismoniy imkoniyati cheklanganligi sababli etib kela olmaydigan fuqarolar uchun mobil qurilmalar yordamida biometrik pasport rasmiylashtirish imkoniyati mavjud.

Migrasiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bosh boshqarmasi pasporti bo`lishi shart bo`lgan fuqaroning pasportsiz yoki haqiqiy bo`lmagan pasport bilan yashash O`zbekiston Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksining 223-moddasida belgilangan tartibda jarima solinishiga sabab bo`lishini eslatib o`tdi.

Shu sababli biometrik pasportga ega bo`lmagan fuqarolardan joylardagi migrasiya va fuqarolikni rasmiylashtirish xizmatlaridagi biometrik ma`lumotlarni yig`ish punktlariga murojaat etishlari hamda nobiometrik pasportlarni o`z vaqtida almashtirishlari so`ralmoqda.

    Boshqa yangiliklar