AsosiyDunyo

Stiven Spilberg rejissyorlar o`rtasida rekord o`rnatdi (Video)

'Stiven Spilberg rejissyorlar o`rtasida rekord o`rnatdi (Video)'ning rasmi

Rejissyor Stiven Spilbergning filmlari umumiy kassasi o`n milliard dollardan oshib ketdi, deya yozmoqda Layf nashri.

Bu ko`rsatkich rejissyorlar orasidagi rekord natija bo`ldi. Rejissyor “Birinchi o`yinchi tayyorlansin” kinolentasining namoyishidan so`ng rekord o`rnatishga muvaffaq bo`ldi.

Spilbergning eng kassabop filmi “Yura davri bog`i”dir (983 million dollar).

Ikkinchi o`rinda “Indiana Jons va billur kalla suyagi qirolligi” (786 million dollar), uchinchi o`rinda esa “O`zga sayyoralik” (717 million dollar). Spilberg ortidan eng kassabop rejissyorlar ichida ikkinchi o`rinda Piter Jekson (6,5 milliard dollar) turadi.

Boshqa yangiliklar