Tadqiqotchilar tomonidan Yaponiyadagi plastmassa idishlar chiqindixonalaridan birida plastik eydigan qurtlarni tadqiq etish jarayonida tasodifan ushbu mutant fermentlar kashf etilgan.
U kelajakda global plastik ifloslanish inqirozini hal qilishga yordam berishi mumkin.
Mutant ferment plastmassani bir necha kun davomida parchalashni boshlaydi. Odatda okeanlarda plastmassalarning emirilishiga bir necha asrdan ko`proq vaqt ketadi. Tadqiqotchilar mutant fermentlarning uni parchalashiga esa ancha kam vaqt sarflanishiga ishonmoqdalar.
Hozirda plastmassa shishalar qayta ishlangan taqdirda ham, undan yana yangi va shaffof elim idish ishlab chiqarib bo`lmaydi, undan faqat kiyim-kechak yoki gilamlar uchun ikkilamchi materiallar tayyorlanadi. Ushbu kashf etilgan ferment yordamida esa plastik parchalanadi va undan yana toza elim idishi ishlab chiqarish imkoni yaratiladi. Shunda yangi xomashyoga ehtiyoj yo`qoladi.
Buyuk Britaniyaning Portsmouth universiteti olimlarining tadqiqotlariga qaraganda, jahon miqyosida har bir daqiqada 1 million dona atrofida plastik baklashkalar sotilib, shundan bor yo`g`i 14 foizi qayta ishlanadi.
– Uning aksariyati okeanlarning olis hududlarigacha etib borgan va dengiz hayotiga hamda undagi jonivorlarga jiddiy tahdid tug`dirmoqda. Bundan insoniyat ham katta ziyon ko`radi chunki biz, dengiz mahsulotlarini iste`mol qilar ekanmiz, ularda plastik zarralarning mavjudligi sababli salomatligimizda ham muammolar vujudga kela boshlaydi,– deydi, professor Jon Mak Gixan.






