AsosiyDunyo

Uy sotib olgan odam sobiq uy egasining mo`miyoga aylangan jasadiga duch keldi

'Uy sotib olgan odam sobiq uy egasining mo`miyoga aylangan jasadiga duch keldi'ning rasmi

Italiyaning shimoliy qismida uy xarid qilgan odam sobiq uy egasining mo`miyoga aylangan jasadiga duch keldi, deb xabar berdi lenta.ru nashri.

Kommunal xizmatlar va ipoteka uchun pul to`lanmaganligi sababli uy auksionga qo`yildi. Uyni xarid qilgan odam sud xodimlari bilan birga binoni ko`zdan kechirish uchun kelganda, divanda o`tirgancha vafot etgan uy egasining jasadini uchratishdi.

Uyning sobiq egasi, 42 yoshli Valter Dal Dzotto 2017 yilning yoz faslida vafot etgan. U hech kim bilan bordi-keldi qilmagan, odamovi inson bo`lgan. Valterning otasi va akasi qo`shni shaharda yashagan, biroq u qarindoshlari bilan yaqin aloqada bo`lmagan.

    Boshqa yangiliklar