AsosiyJamiyat

Peterburgda o`zbekistonlik yosh yigit tepalikdan tushib ketdi

'Peterburgda o`zbekistonlik yosh yigit tepalikdan tushib ketdi   'ning rasmi

Sankt-Peterburgdagi qurilishlardan birida o`zbekistonlik mehnat migranti tepalikdan tushib ketgan.

Hodisa Peterburgdagi Viborgskiy tumanida sodir bo`ldi, deb xabar qilgan "Sputnik" nashri.

Nashr xabariga ko`ra, 29 yashar o`zbekistonlik qurilayotgan uy oldidan topib olingan. Unda ochiq bosh miya jarohati, ko`krak qafasi va qorin jarohatlari, ichki organlar shikastlanishi, tos suyagining yopiq jarohati va chap son suyagining sinishi jarohatlari borligi aniqlangan.

Xabarda aytilishicha, yigit yog`och zinapoyadan zinapoya oralig`iga tushib ketgan.

Jabrlanuvchi og`ir ahvolda shahar kasalxonasiga olib kelingan.

Ayni vaqtda huquqni muhofaza qilish organlari ro`y bergan hodisa tafsilotlarini aniqlashtirishmoqda.

    Boshqa yangiliklar