AsosiyDunyo

AQShda noqulay ob-havo sharoiti tufayli uch kishi halok bo`ldi

'AQShda noqulay ob-havo sharoiti tufayli uch kishi halok bo`ldi'ning rasmi

AQSh hududiga yopirilgan anomal iqlim sharoiti sababli ko`p miqdorda qor va yomg`irlar yog`moqda. Associated Press xabariga qaraganda noqulay sharoit tufayli uch kishi halok bo`lgan.

Luiziana shtatida kuchli shamol vaqtida daraxtning uyga qulashi oqibatida bir bola qurbon bo`ldi. Viskonsin va Nebraskada esa yo`llar muzlagani sababli yo`l transport hodisalari ko`paydi. Ular oqibatida ikki kishi halok bo`lgan.

Minneapolis va Sent-Pol shaharlari aeroportlarida 400 ga yaqin reys bekor qilindi.

    Boshqa yangiliklar