Istambulda davom etayotgan 13 chi lolalar festivali mahaliy axoli va shahar mehmonlarini o`ziga jalb etmoqda, deb yozadi islom.uz nashri.
Har yili o`tkazilishi an`anaga aylangan mazkur tadbir ayni bahor paytida tashkil etiladi.
Tashrif buyurgan mehmonlar festival doirasida Sulton Ahmadda 565ming dona tirik lolalardan iborat bo`lgan 1734 kvadrat metr maydonni egallagan gulli gilamdan bahramand bo`lishdi. Istambul hokimi Vasip Shahin ma`lum qilishicha bu yil Istambul fath etilganiga 565 yil to`lgani sababli, aynan shu miqdor tanlangan. Gullar bayrami 30 aprelga qadar davom etadi.











