Xabarovskda bugun ertalab Mi-8 harbiy vertolyoti qulab tushdi, deya habar bermoqda Ren.tv nashri.
Vertolyotda olti kishi bor edi. Ma`lumotlarga ko`ra, ularning barchasi halok bo`lgan.
Vertolyot aholi turar-joyidan bir necha metr nariga qulagan. So`ng o`t ketib, portlagan. Aviahalokat sabablari noma`lum.






